» » Bosh prokuraturadagi yig‘ilishda g‘o‘za agrotexnikasi va paxtani yig‘ishtirib olish borasidagi ishlar ahvoli tanqid qilindi

Bosh prokuraturadagi yig‘ilishda g‘o‘za agrotexnikasi va paxtani yig‘ishtirib olish borasidagi ishlar ahvoli tanqid qilindi


Bosh prokuror rahbarligida qishloq xo‘jaligi sohasida, jumladan g‘o‘za parvarishi va paxta yig‘im-terimiga doir qonunchilik ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar qilgan.

Yig‘ilishda Bosh prokuratura, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agroispeksiya, viloyat va tuman prokurorlari, viloyat va tuman hokimlarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etgan.

Selektor yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, ayniqsa g‘o‘za agrotexnikasi va paxtani yig‘ishtirib olish borasidagi ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilinib, qonun buzilishi holatlari tizimli tus olganligi oqibatida qator muammolar yuzaga kelganligi ta’kidlandi.

Xususan, respublika bo‘yicha jami 210 ming gektar, shundan Andijon viloyatida 3,7 ming, Buxoroda 3,8 ming, Toshkentda 5,4 ming, Namanganda 6,4 ming, Navoiyda 8,3 ming, Farg‘onada 8,5 ming, Surxondaryoda 9,7 ming, Qashqadaryoda 12,6 ming, Samarqandda 18,6 ming, Xorazmda17,9 ming, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 26 ming, Sirdaryoda 38,5 ming, Jizzaxda 50 ming gektardagi g‘o‘zalar rivojlanishdan orqada qolayotganini qayd etildi.

Mavzuga doir: Jizzax va Sirdaryodagi suv resurslari va yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi — Prezident qarori

“Suv resurslaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilmaganligi oqibatida respublikadagi barcha manbalardan g‘o‘zani sug‘orish uchun bir kunda 1 270 kub metr sekund suv olinib, ushbu miqdordagi suv bilan 55-60 ming gektar maydonni sug‘orish mumkin bo‘lsa-da, amalda 45 ming gektar sug‘orilmoqda.

Mirzacho‘l, Sayxunobod, Qiziriq, Bo‘ka, Ellikqal’a, O‘zbekiston, Muborak, Mingbuloq, Chust, Paxtachi tumanlarida 1,5-2 ming gektar maydondagi g‘o‘zalar chanqagan bo‘lishiga qaramay, sug‘orish ishlari asossiz kechiktirilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Sirdaryo havzasiga bog‘langan maydonlarni qo‘shimcha sug‘orish uchun Tojikistondagi suv omboridan foydalaniladi

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratilgan imtiyozli mablag‘lar maqsadsiz ishlatilgan.

“Agrobank” filiallari mansabdor shaxslari tomonidan 2020-yil paxta hosili uchun ajratilgan 58,7 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari maqsadsiz sarflab yuborilgan.

O‘tgan yilgi xarajatlardan jami 1 trillion 767 milliard, shundan 1 trillion 708 milliard so‘mi klasterlardan hamda 59,5 milliard so‘mi fermer xo‘jaliklaridan qaytarilmagan.

Klaster korxonalarining 19 tasi olti oydan buyon muddati o‘tgan 433 milliard so‘m qarzdorlikni qaytarmagan. Soha mutaxassislarining hisob-kitoblari hamda hududlardan olingan takliflarga ko‘ra, 2020-yilda 829,2 ming maydonda g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 6-8 foiz, Buxoroda 12 foiz, Xorazmda 25 foiz, Surxondaryoda 29 foizde foliant zaxira qilingan bo‘lsa, Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida umuman zaxira qilinmagan.

Respublikaning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, 42 534 gektar maydonlarga kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, rejaga nisbatan 3 717 gektar maydonga kartoshka ekilmagan.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari prokurorlari va ularning sohaviy o‘rinbosarlari, mazkur viloyatlarning hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddi rahbarlarning tushuntirishlari eshitildi.

Qayd etilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda sohaga doir qonunlar ijrosi ustidan nazoratni tubdan kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi, deyiladi Bosh prokuratura axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют