» » Foto: Samsung Galaxy Note20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va Samsung’ning boshqa flagmanlariga qarshi

Foto: Samsung Galaxy Note20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va Samsung’ning boshqa flagmanlariga qarshi


Internetda Samsung Galaxy Note20 Ultra smartfoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Phone Arena Note20 Ultra kamerasining boshqa qurilmalarniki bilan taqqoslangani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

Mutaxassislar ushbu holatda yangi modelga qo‘shimcha sifatida Galaxy S20 Ultra, Galaxy Note 10+ hamda iPhone 11 Pro Max modellaridan ham foydalangan. Taqqoslash u qadar to‘liq bo‘lmasa-da, yangi flagman kamerasi yarim-bir yil ichida qanchalik o‘zgarganini tushunsa bo‘ladi.

Taqqoslash uchun joylashtirilgan suratlar ko‘p bo‘lgani bois ularning barchasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Ushbu holatda e’tiborli jihati, Galaxy Note20 Ultra suratlari S20 Ultra’niki bilan mutlaqo bir xil. Ular orasida hech qanday farq yo‘q.

Test ishtirokchilari yakunda quyidagicha o‘rin olgan:

Umuman olganda qurilmalar kameralari orasidagi farq u qadar katta emas. Shu bilan birga, iPhone televiki qolgan smartfonlardan ortda qolmoqda, ayrim holatlarda esa o‘tgan yili taqdim etilgan Note10+ o‘zidan keyingi avlodlardan yaxshiroq suratga olgandek.

Mavzuga doir: Eng yaxshi smartfon — OnePlus 8 Pro, eng yaxshi kamerafon — Huawei P40 Pro. EISA mukofoti g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 3) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют