» » Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jangdan voz kechishi mumkin

Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jangdan voz kechishi mumkin


Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jang qilishdan voz kechishi mumkin.

Bu jang sabab boshqa ishlarimni bekor qilishga to‘g‘ri keldi, kun tartibim o‘zgardi. Bu men uchun katta muammo, shu sabab muzokaralarga qaytishimiz kerak. Endi muntazam jang qila olmayman, shuning uchun boshqa ishlar bilan pul topishimga to‘g‘ri kelmoqda. Agar ulardan chalg‘iydigan bo‘lsam, u holda kompensatsiyaga umid bog‘lashim kerak.

Hozirda yuristlarimiz bu masalani o‘zaro muhokama qilmoqda. Agar bundan ish chiqmasa, jang bekor bo‘lishi mumkin. Agar jang 12-sentabrga mo‘ljallangan bo‘lsa, nima uchun uning sanasini o‘zgartirishim va yilning qolgan qismini ko‘kka sovurishim kerak?

Ular muxlislar ko‘p bo‘lishi aytmoqda. Biroq muxlislar ko‘paysa, bu butkul boshqa pul bo‘ladi. Aytishim kerak, men bu jangdan katta ulush olmayapman. Shunday ekan, ko‘ramiz, hammasi nima bilan tugar ekan.

Roy Jons, sobiq bokschi

Eslatib o‘tamiz, afsonaviy bokschilar Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang dastlab 12-sentabr sanasiga belgilangandi. Biroq keyinchalik tashkilotchilar uni 28-noyabrga ko‘chirgandi.

Mayk Tayson va Lennoks Lyuis o‘rtasidagi asr jangini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют