» » Ikki kishini 2013-yilda Qozog‘istonda qurilishda ishlashga majbur qilgan qidiruvdagi surxondaryolik erkak qo‘lga olindi

Ikki kishini 2013-yilda Qozog‘istonda qurilishda ishlashga majbur qilgan qidiruvdagi surxondaryolik erkak qo‘lga olindi


O‘zbekiston fuqarolarini 2013-yilda Qozog‘istonga olib borib, qurilishda ishlashga majbur qilgan va bu qilmishi uchun qidiruvda bo‘lgan surxondaryolik 59 yoshli erkak Qozog‘istonda qo‘lga olindi va tegishli chora ko‘rish uchun O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2013-yilning oxirida Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga fuqaro E.E. va F.P.dan ariza kelib tushgan. Arizada mazkur fuqarolar 2013-yilning avgust oyi oxirida ularga Qozog‘istonning Chimkent shahrida katta maosh to‘lanadigan ish taklif qilgan bir guruh shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘zlarini “Mustaqil mardikorlar tashkiloti” vakillari sifatida tanishtirgan shaxslar E.E. va F.P.ga qonuniy ishga joylashtirishni va’da qilgan va ularni Chimkent shahriga olib ketgan. Chimkentga yetib borgach, ularning pasportlari olib qo‘yilgan va qurilishda ishlashga majbur qilinib, va’da qilingan maosh to‘lanmagan.

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan 2013-yilning 19-dekabr kuni jabrlanuvchilarning arizalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslar aniqlangan. Ular surxondaryolik 1961-yilda tug‘ilgan Xurram B., Nuraddin D. va Faxriddin T. bo‘lgan. Nuraddin D. va Faxriddin T. jinoiy javobgarlikka tortilib, tegishli jazolarga hukm etilgan. Xurram B. nisbatan 2014-yilning yanvar oyida qidiruv e’lon qilingan.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, 2020-yilning fevral oyida Xurram B.ning turar joyi aniqlandi va Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida qo‘lga olindi. 17-avgust kuni karantin cheklovlari bekor qilingach, Xurram B. qonuniy chora ko‘rilishi uchun O‘zbekistonga qaytarildi.

Ma’lum qilinishicha, Xurram B. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “g” bandida (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Unga qarshi boshqa hech qanday ayblov ko‘zda tutilmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют