» » APLning 12 ta klubida 14 ta koronavirusga chalinish holati kuzatildi

APLning 12 ta klubida 14 ta koronavirusga chalinish holati kuzatildi


Angliya Premyer Ligasining bir nechta klubida koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi.

The Telegraph nashrining xabar qilishicha, 12 ta klubning 14 nafar a’zosida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, APL rahbariyati futbolchilar ta’til vaqtida bir-biri bilan ko‘p kontaktda bo‘layotgani va uzoq vaqtni birga o‘tkazayotganidan xavotirda. Bu holat yana ko‘plab kasallanishlarga olib kelishi mumkinligi borasida xavotir bor.

Hozircha 14 ta holat aynan qaysi klublarda sodir bo‘lgani noma’lum. Avvalroq “Liverpul” klubining bir vakilida virus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют