» » Jon Jons voz kechgan kamar uchun kimlar jang qilishi ma’lum bo‘ldi

Jon Jons voz kechgan kamar uchun kimlar jang qilishi ma’lum bo‘ldi


Yarim og‘ir vazn toifasi vakillari Dominik Reyes va Yan Blahovich o‘rtasidagi jang 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 253 musobaqasining asosiy voqealaridan biri bo‘ladi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq Jon Jons og‘ir vazn toifasiga o‘tayotgani sabab chempionlik kamaridan voz kechgandi. Reyes va Blahovich vakant kamar uchun jang qiladi.

Reyes so‘nggi jangini Jonsga qarshi o‘tkazib, hakamlarning bahsli qarori tufayli mag‘lubiyatga uchragandi. Blahovich esa fevral oyida Kori Andersondan revansh olgan.

30 yoshli Reyes MMA’da 13 jang o‘tkazib, ularning 12 tasida g‘alaba qozongan va bir bor mag‘lubiyatga uchragan. 37 yoshli polshalik yakkakurashchi esa 34 ta jangning 26 tasini o‘z foydasiga hal qilgan va 8 bahsda imkoniyatni boy bergan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют