» » Zabit Magomedsharipovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Zabit Magomedsharipovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


UFC’ning yarim yengil vazn toifasi vakili Zabit Magomedsharipov o‘zining navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Zabit 29-avgust kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC jang oqshomida meksikalik Yair Rodrigesga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Jang 5 raunddan iborat bo‘ladi.

“Oradan ikki yil o‘tib, uchinchi urinishdan so‘ng vaniyohat ushbu jang bo‘ladi”, — deya yozdi Zabit Magomedsharipov.

Zabit MMA’da 19 ta jang o‘tkazib, ularning 18 tasida g‘alaba qozongan. Oltida jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Bitta jangda esa mag‘lub bo‘lgan. Yair Rodriges esa MMA’da 15 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan. To‘rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Ikkita jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Mazkur jang g‘olibi UFC’ning yarim yengil vazn toifasi chempioni Aleksander Volkanovskiga qarshi jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Zabit Magomedsharipov ishtirokidagi barcha janglarni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют