Yangiyo‘lda bir guruh “Jihodchilar” qo‘lga olindi. Ular orasida Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etganlar ham bor
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat IIBB tomonidan Yangiyo‘l shahri va tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jihodchilar” oqimining bir nechta a’zolaridan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur guruhni tashkil qilgan 4 nafar shaxs Suriyadagi terroristik tashkilot a’zolari safiga borib qo‘shilgan holda jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Ular o‘z navbatida Yangiyo‘l shahar va tumanida yashovchi yaqin tanishlarini ham shu yo‘lga da’vat qilgan holda Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilishni rejalashtirishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
