» » Suxondaryo va Jizzaxda “Jihodchilar”ning ikkita guruhi a’zolari qo‘lga olindi (video)

Suxondaryo va Jizzaxda “Jihodchilar”ning ikkita guruhi a’zolari qo‘lga olindi (video)


DXX va IIV xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jihodchilar” oqimining 15 nafar a’zosidan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” kanalida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhni tashkil etgan shaxs Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mavsumiy ishlashi davomida ekstremistik va terroristik tashkilot tarafdorlari ta’siriga tushib qolgan. Keyinroq Boysun tumanidan borgan o‘z vatandoshlarini ham bu yo‘lga da’vat qilgan. 1986-yil hamda 2002-yil oralig‘ida tug‘ilgan guruh a’zolari 2016—2019-yillarda mehnat migrant Rossiyada ishlab yurganida o‘zaro yig‘inlar o‘tkazgan.

O‘zaro yig‘inlarda guruhlar a’zolari diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining, jumladan, Abu Saloh, Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiyning hijrat va jihod qilish to‘g‘risidagi audio, videoma’ruzalari hamda da’vatlarini tinglab, “Jihodchilar” oqimi g‘oyalarini o‘z atrofidagilarga targ‘ib qilib kelishgan. Shuningdek, Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilish masalalarini muhokama etilgan. Bundan tashqari, ular Suriyadagi safdoshlari pul mablag‘larini ham yuborib turgan.

Guruh a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv tadbirlari davomida audio va videofayllar saqlangan 30 ta mobil telefon, 55 ta flesh-karta, 54 ta DVD disk, kompyuter, planshet borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun protsessual tarzda rasmiylashtirilib olingan.

Shuningdek, Jizzax shahrida ham bu kabi noqonuniy faoliyat kuzatilgan. Xususan, 1998-yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan fuqaro 2017—2019-yillarda Turkiyada ishlashi davomida diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib, ularni o‘z atrfodagilarga targ‘ib kelib kelgan.

Dastlab u 2000-yilda tug‘ilgan ukasini o‘z ta’siri ostiga olgan. Aka-ukalar “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i orqali, keyinroq Telegram’dagi guruh orqali ekstremistik oqim g‘oyalarini faol qo‘llab-quvvatlagan. Guruhga 1983-yildan 1998-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 23 kishi a’zo bo‘lgan. Ulardan 250 dan ortiq audio va video materiallar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, Andijon shahrida “Jihodchilar” guruhi a’zolari qo‘lga olingani, Farg‘onada esa “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentda Suriyaga “jihod” qilmoqchi bo‘lgan 11 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdori qo‘lga olindi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют