» » Surxondaryoda kovrak shirasini yig‘adigan MChJ xodimlari mahalliy aholi tomonidan kaltaklandi

Surxondaryoda kovrak shirasini yig‘adigan MChJ xodimlari mahalliy aholi tomonidan kaltaklandi


Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kovrak yig‘uvchi MChJ ishchilariga mahalliy aholi tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

Departament axborot xizmatining yozishicha, 2020-yilning 8-avgust kuni soat 10:00 da Qumqo‘rg‘on tumani “Saxovat” mahallasidagi tog‘li hududda bo‘lgan kovrak shirasini yig‘uvchi MChJ ishchilari 32 yoshli A.B., 39 yoshli Z.M. va A.J.ga hujum qilingan.

Ular hududda ishlayotgan vaqtida bu yerga 40 yoshli B.Ch. va 41 yoshli X.Ch. taxminan 15 nafar notanish fuqarolar bilan birgalikda kelib, qo‘lida bo‘lgan tayoq bilan ularni savalab, turli tan jarohatlari yetkazgan.

To‘da “Bu yerda ishlamaysanlar, tog‘ga qaytib chiqsang, o‘liging tushadi”, deb ularni qo‘rqitgan. Shuningdek, jinoiy to‘da MChJga tegishli jami 20 dona yelim idishdagi qiymati 168 million so‘m bo‘lgan 105 kilogramm kovrak shirasi va narxi 1 million 100 ming so‘mlik 20 kilogramm qovurilib yelim idishga solib qo‘yilgan qo‘y go‘shti, 2 dona afg‘on pichog‘i, ikki dona 100 litr hajmli yelim idish va A.B.ga tegishli narxi 1 million so‘mlik Samsung J5 telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

“Hodisa sodir bo‘lgan joydan bir dona singan tayoq bo‘lagi va bir dona butun holdagi cho‘pon tayog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi departament xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют