» » Xorazmda tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qilgan kadastr bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi

Xorazmda tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qilgan kadastr bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi


Xorazmda 20 ming dollar pora so‘ragan bo‘lim boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Tuproqqal’a tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i M.R. “D” MChJning ish yurituvchisi R.dan jamiyatga tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 ming dollar pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi. Bildirishicha, R.M 2020-yil 13-mayida Xorazm viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining Tuproqqal’a tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan bo‘lib, u bunga qadar 2019—2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Xorazm viloyati Xazorasp tumani bo‘limi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Xabarda keltirilgan 15 gektar yer maydoni R.M.ning akasi B.U.ga tegishli sun’iy baliq hovuzi bo‘lgan. R.M. ushbu yer maydonini “D” MChJ nomiga o‘tkazib berishni va’da qilib pul mablag‘i so‘raganligi audio yozuv bilan tasdiqlangan va Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan qo‘lga olingan. Bugungi kunda R.M.ga nibatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qo‘mita, shuningdek, bu jarayonda yer maydonini ajratish qanday bo‘lishi kerakligiga ham to‘xtalib o‘tgan. Unga ko‘ra, B.U. nomida bo‘lgan 15 gektar sun’iy baliq hovuzi tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishi va undan so‘ng mazkur yer maydoni belgilangan tartibda tanlovga qo‘yilib, tanlov g‘olibiga tuman hokimining qarori bilan ajratilishi va Yer kodeksining 5-moddasi beshinchi xatboshisiga asosan “yuridik shaxslarga qishloq xo‘jalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish” viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют