» » Koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik mashhurlar kasallikni qanday yengganini so‘zlab berdi (video)

Koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik mashhurlar kasallikni qanday yengganini so‘zlab berdi (video)


“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida koronavirusni yuqtirib, sog‘ayib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar haqida lavha efirga uzatildi.

Koronavirus bilan kasallanganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Tillayev insonlar virus menga yuqmaydi, chetlab o‘tadi, degan qarash bilan yashaydi, afsuski, bu kasallik hech kimni ayab o‘tirmaydi, degan fikrni aytib o‘tdi.

Shuningdek, aktyor tuzalgan bo‘lishiga qaramay, unda tez-tez charchash, hansirash, holsizlik kabi asoratlar saqlanib qolgan. Ayniqsa, kasallik uning ovoziga ta’sir qilgani va imkon qadar avvalgi holga asta-sekinlik bilan qaytayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva ham virusga chalingan mashhurlardan biri. Xonanda kasallik alomatlarini Chorsu bozoriga borib qaytgandan so‘ng seza boshlagan. Unda dastlab tomoq qichishishi, qisqa yo‘talish kuzatilgan. Shifokorlar tekshiruviga ko‘ra, unda o‘pka yallig‘lanishi 10 foizni tashkil qilgan.

Kasallik xonandaning ovozida o‘zgarishlarga olib kelmadi. Ammo yo‘tal va oyoq muzlash belgilari kuzatilgan.

Xonanda Kanizaning Instagram sahifasida ham o‘zining koronavirusga chalingani haqida videomurojaat joylangan edi. Kanizani ushbu kasallikning 37-38 daraja tana harorati, hid sezmaslik, bosh og‘rig‘i, holsizlik kabi alomatlar qiynagan.

Koronavirusni boshdan kechirgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hurriyat Isroilovaning avval nafas olishi qiyinlasha boshlagan, 10 kun shu holatda yurgan xonanda oxiri yotib davolanishga qaror qilgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Dildora Rustamova ham koronavirusdan tuzalganlardan.

“Kasallikning dastlabki besh kunini oddiy shamollash deb o‘yladim, vaholanki koronavirus bilan xastalangan ekanman. Noto‘g‘ri tahlil natijalariga ishonib bir hafta vaqt yo‘qotdim, natijada kasallik o‘pkaga o‘tib ketdi. So‘ngra ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Shifoxonada 15 kun davomida davolandim. Umuman olganda, 25 kun ushbu kasallikdan, uning asoratlaridan aziyat chekdim”, – deydi suxandon.

“Zamon” informatsion boshlovchisi, telejurnalist Jahongir Olimov esa o‘zida kasallikning biroz yengil o‘tganini aytib o‘tdi. Shuningdek, unda tana harorati 2-3 kun davomida ko‘tarilgan, pnevmoniya asoratlari sezilmagan, nafas siqilishi ham kuzatilmagan.

“Ushbu kasallikni oson yengish uchun birinchi navbatda uning alomatlari boshlangan paytdayoq davolashni boshlash kerak, — deb ta’kidlaydi koronavirusdan sog‘aygan Jahongir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют