» » O‘zbekiston pandemiyaga qaramay Rossiya bilan tovar aylanmasini 18 foizga oshirdi

O‘zbekiston pandemiyaga qaramay Rossiya bilan tovar aylanmasini 18 foizga oshirdi


O‘zbekiston pandemiya sharoitiga qaramay Rossiya bilan tovar aylanmasini 18 foizga oshira oldi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 19-avgust kuni O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Moskvada Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manutrov bilan uchrashgan.

Uchrashuvda pandemiya sharoitiga qaramay, 2020-yilning birinchi yarmida Rossiya va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligi ijobiy natija ko‘rsatgani qayd etilgan. Xususan, 2020-yilning yanvarida savdo hajmi 18 foizga, Rossiyaning O‘zbekistonga eksporti esa 24,5 foizga o‘sgan.

Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi haqida memorandum imzolagan. Hujjatning asosiy maqsadi ikki mamlakat orasida o‘zaro manfaatli bo‘lgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdir. Unda ikki davlat ishbilarmon doiralari orasida uchrashuvlar tashkil qilish, qo‘shma korxonalar tashkil qilish, sanoat va savdo sohalarida ikki tomonlama investitsion loyihalar amalga oshishi uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq 2020-yilning yanvar—iyun oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 18,2 foizga kamaygani xabar berilgan edi.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют