» » “Elchining qizi” serialining yangi mavsumi qachon efirga uzatilishi ma’lum bo‘ldi

“Elchining qizi” serialining yangi mavsumi qachon efirga uzatilishi ma’lum bo‘ldi


Pandemiya sabab ko‘plab turk seriallari suratga olishni to‘xtatgan edi. Yozgi tanaffusdan so‘ng aksariyat seriallarning suratga olish jarayoni boshlandi.

“Elchining qizi” serialining suratga olish ishlari iyun oyida qayta tiklangan, bir qismi namoyish etilganidan so‘ng esa mavsum yakunlangan edi. Aslida serial ijodkorlari yangi mavsumning 4 ta qismini suratga olib bo‘lgan. Bu koronavirusning sentabrda boshlanishi kutilayotgan ikkinchi to‘lqinini hisobga olib qilingan. Shu tarzda yana karantin boshlangudek bo‘lsa Star telekanali serialning tayyor qismlarini efirga uzatib turadi.

Shuningdek, kelajak uchun tayyorlangan qismlarni hisobga olgan holda, prodyuserlar shoshmaslikka va faqat avgust oyi oxirida qayta suratga olish jarayonini boshlashga qaror qildi.

“Elchining qizi” yangi mavsumi sentabr oyining ikkinchi haftasidan efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют