» » Belarusda muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilgani sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Belarusda muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilgani sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Belarusda muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilgani sababli jinoyat ishi qo‘zgatildi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Aleksandr Konyuk ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Ish Belarus Jinoyat kodeksining 361-moddasiga (Belarus milliy xavfsizligiga zarar yetkazishga qaratilgan harakatlarga chaqiruvlar) asosan qo‘zg‘atilgan. Modda besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutadi.

“Muvofiqlashtiruvchi kengashning tuzilishi va faoliyati davlat hokimiyatini egallab olishga, shuningdek, Belarus milliy xavfsizligiga zarar yetkazishga qaratilgan”, — deya ma’lum qilgan Konyuk.

Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan ma’lum qilinishicha, tuzilma Belarus milliy xavfsizligiga tahdid solmaydi. Qo‘shimcha qilinishicha, jinoiy ishga qaramasdan, kengash o‘z ishini davom ettiradi.

Bir necha kun avval Aleksandr Lukashenko muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilishini hokimiyatni egallashga urinish deb baholagandi va “munosib choralar” ko‘rishi haqida ogohlantirgandi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish tashabbusi Aleksandr Lukashenkoning saylovdagi asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya tomonidan ilgari surilgan. Uning g‘oyasiga ko‘ra, kengash Belarusda “hukumatni topshirishni” ta’minlashi kerak.

Muvofiqlashtiruvchi kengash 18-avgust kuni to‘liq tashkil qilindi. Uning prezidiumiga yetti kishi, jumladan, adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan Svetlana Alekseyevich va Belarusning sobiq madaniyat vaziri Pavel Latushko kirgan.

Kengash o‘z maqsadi sifatida yangi prezidentlik saylovi va hukumatni topshirishni belgilab olgan. Uning a’zolari qayd etishicha, ular Belarusning konstitutsion tuzilishi va tashqi siyosat yo‘nalishini o‘zgartirishga urinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus muxolifati Lukashenkoning takroriy prezident saylovlarida qatnashishiga xalal bermaslikka va’da bergandi.

Avvalroq Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa Kengashiga videomurojaat bilan chiqib, Yevropa yetakchilaridan Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikni so‘ragandi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasligi ma’lum qilindi. Shuningdek, Yevroittifoq Belarus fuqarolariga yordam berish uchun 53 million yevro mablag‘ ajratadi.

Bunga qadar Kanada, Irlandiya va Buyuk Britaniya Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp Belarusda yuz berayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirgandi.

Shuningdek, Yevrokomissiya ittifoq mamlakatlarni Minskka qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholayotgani haqida xabar berilgandi. BMT bosh kotibi esa Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi. Yevropa parlamenti Lukashenkoga persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘ragandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют