» » Yunusoboddagi Ahmad Donish ko‘chasini tozalash boshlandi. Ko‘chadagi peshlavha va bannerlar o‘zbek tiliga o‘girilmoqda

Yunusoboddagi Ahmad Donish ko‘chasini tozalash boshlandi. Ko‘chadagi peshlavha va bannerlar o‘zbek tiliga o‘girilmoqda


Toshkentning Yunusobod tumanidan o‘tuvchi Ahmad Donish ko‘chasida yo‘l-qurilish ishlari davom etayotgani, uzunligi 2,2 kilometrni tashkil etadigan yo‘l oralig‘ida piyodalar yo‘lagi, veloyo‘laklar, yashil hudud va shunga o‘xshash yana bir qator loyihalarni qurish boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda ko‘cha yoqasida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofi tozalanmoqda.

Bundan tashqari, ko‘chada joylashgan peshlavha va reklamalardagi yozuvlarni bexato yozilganligiga e’tibor qaratilmoqda.

“Ayniqsa, yozuv davlat tilida bo‘lishiga e’tibor qaratilganligi munosabati bilan reklamalar davlat tiliga o‘girilmoqda. Shuningdek, ushbu hududda bolalar maydonchasi, dam olish o‘rindiqlari ta’mirlanib, daraxtlarga shakl berish va bu yerni yashil hudud qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Yunusobodda Megaplanet oldidagi chorraha 94 metrgacha kengaytirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Yunusobodning Ahmad Donish ko‘chasidagi yo‘l qurilishi qachon yakunlanadi? (video)

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkent metrosining “Yunusobod” yo‘lidagi 2 ta yangi bekat qurib bitkazilgan edi. Metroning yangi yo‘nalishlari Ahmad Donish ko‘chasidan o‘tgan. Ko‘chani ta’mirlash ishlari metro yo‘nalishlari yakunlanganidan so‘ng boshlangan. Qurilish ishlari uch bosqichda amalga oshirilib, ilk jarayon sentabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют