» » Yaponiyadagi mehmonxona mehmonlariga ijaraga mushuk taklif qilinmoqda

Yaponiyadagi mehmonxona mehmonlariga ijaraga mushuk taklif qilinmoqda


Yaponiyada joylashgan My Cat Yugavara mehmonxonasidan kechasi yoki kunduz kuni ijaraga mushuk olish mumkin. Ammo buni istaganlar avval maxsus suhbatdan o‘tishi kerak, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ushbu xizmat uyida mushuk boqishni istagan, lekin bunga tayyor yoki tayyor emasligini bilmayotganlar uchun mo‘ljallangan.

Dastlab mehmonxona xodimlari mijozning yaxshi niyatda ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun mijozdan talab qilinadigani – suhbatdan o‘tish. Bundan tashqari mijoz ijaraga olinadigan mushuk bilan maxsus kafeda yarim soat davomida vaqt o‘tkazadi. Shundan so‘nggina mushuk mijozga ijaraga beriladi.

Mushuklarni kechki 17:30 da olib ketib, ertalab 09:00 qaytarib olib kelish kerak. Bu vaqt davomida mijoz mushukni parvarish qilishi, ovqatlantirishi va tozalashi lozim. Ijara narxi taxminan 21 dollarni tashkil etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют