» » Tulalik politsiyachilar qamoqxonaga giyohvand moddalarni tashigan mushukni to‘xtatib qoldi (video)

Tulalik politsiyachilar qamoqxonaga giyohvand moddalarni tashigan mushukni to‘xtatib qoldi (video)


Rossiyaning Tula viloyati Novomoskovsk shahri politsiyasi xodimlari 6-raqamli koloniyaga giyohvand moddalarni olib kelishi kerak bo‘lgan mushukni to‘xtatib qoldi, deb xabar beradi TJournal.

Avval mazkur mushuk koloniya hududida yashagan, keyinroq esa ozod etilgan mahbuslardan biri uni o‘zi bilan birga olib ketgan.

Mushuk uchun giyohvand moddalarni tashishga mo‘ljallangan maxsus bo‘yinbog‘ tayyorlashadi. Politsiya bo‘yinbog‘dan 5, 79 gramm gashish hamda 1,56 gramm amfetamin giyohvand moddalarini topgan.

Mushuk qo‘lga olinganidan so‘ng 32 yoshli erkak hamda 22 yoshli qiz ham qo‘lga olingan. Ular nisbatan hozirda jinoiy ish ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют