» » Farg‘onada Shohimardonsoy orqali bir kilogramm gashishni chegaradan o‘tkazmoqchi bo‘lgan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Farg‘onada Shohimardonsoy orqali bir kilogramm gashishni chegaradan o‘tkazmoqchi bo‘lgan jinoyatchilar qo‘lga olindi


Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining xodimlari Qirg‘iziston hududidagi Shohimardonsoy daryosi orqali giyohvand moddalarni olib o‘tishga oid jinoyat ishini bartaraf etdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” kanaliga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

10-fevral kuni soat 23:30 da Farg‘ona tumani hududidagi Vodil qishlog‘i bo‘yidagi Shohimardonsoy daryosidan ichida salkam 1 kilogramm bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasi mavjud uch litrli polietilen idish topildi.

Aniqlanishicha, mazkur “yuk” Farg‘ona viloyatining Bo‘ston qishlog‘ida yashovchi Yodgor Esonovga tegishli bo‘lgan. Tekshiruvlar jarayonida ma’lum bo‘ldiki, Esonov o‘zining hamqishlog‘i Olim Hakimov hamda marg‘ilonlik Rustam Qambarov bilan jinoiy til biriktirib, Qirg‘izistondan bo‘lgan Olmos ismli fuqarodan giyohvand moddalarni Shohimardonsoy daryosi orqali qo‘shni mamlakatga o‘tkazishni kelishib olgan.

Giyohvand modda plastik idishda bo‘lgan, uning ichidagi fonar esa mayoq vazifasini bajargan. Olim Hakimov va Yodgor Esonov posilkani tutib olishi kerak bo‘lgan, biroq chegarachilar jinoyat operatsiyasini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan.

Bundan tashqari Yodgor Esonov qorovul bo‘lib ishlaydigan “Agrobank” Farg‘ona viloyati boshqarmasiga tegishli dam olish uyining omborida ham tintuv o‘tkazilgan. Ombordagi o‘tinlar orasidan 1,8 kilogrammdan ortiqroq giyohvand modda topilgan.

Farg‘ona viloyati Milliy xavfsizlik xizmati jinoyatchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 18:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют