» » Marg‘ilon shahri hududi 734 gektardan ortiq maydonga kengayadi

Marg‘ilon shahri hududi 734 gektardan ortiq maydonga kengayadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5—6-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari hududini kengaytirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. O‘zAning yozishicha, ayni kunlarda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida ishlar boshlab yuborilgan.

Viloyat qurilish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan bosh rejaga asosan Marg‘ilon shahrini kengaytirish maqsadida Farg‘ona tumani Cheksho‘ra Mashrab Bobur massivi hududidan bir qismi hamda Marg‘ilon yo‘ldosh shaharchasi maydonlarini biriktirish munosabati bilan Marg‘ilon shahar ma’muriy hududiy chegara chizig‘iga o‘zgartirish kiritish belgilangan. Ishchi guruh tomonidan bu bo‘yicha taklif tayyorlangan.

Unga asosan Farg‘ona tumani Cheksho‘ra Mashrab Bobur massividan 10 ta qishloq xo‘jalik korxonalari, 8 ta begona yerdan foydalanuvchilar, Marg‘ilon yo‘ldosh shaharchasidan 12 ta begona yerdan foydalanuvchilar jami — 734,91 gektar, shundan ekin yer maydoni — 151,82 gektar, ko‘p yillik daraxtlar — 118,07 gektar va 465,02 gektar boshqa yer maydonlarini Marg‘ilon shahriga ajratish uchun loyiha ishlari amalga oshirilgan.

Farg‘ona tumanidan 734,91 gektar yer maydoni shaharga qo‘shilgandan keyin Marg‘ilon shahrining umumiy maydoni 4817,91 gektarni tashkil qiladi. Hozirda bu borada tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanib, mahalliy kengashlar va Oliy Majlisda ko‘rib chiqish uchun kiritishishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishgandi. Prezident matbuot xizmati aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandi.

Qurilish vaziri Botir Zokirov poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismi, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibidagi Ulug‘bek shaharchasini Toshkent viloyati hududiga o‘tkazish taklif etilayotganini ma’lum qilgan.

Toshkent shahrining hududlari o‘zgarishi mo‘ljallanayotgan mahallalari aholisi ushbu taklifga qarshi chiqqan. Xususan, Uchtepa tumani va Ulug‘bek shaharchasi aholisi ularning yashash hududlari Toshkent viloyati tarkibiga o‘tkazilishiga norozilik bildirgan. Uchtepa va Sergeli tumanlarida aholi ko‘chaga yig‘ilib, mutasaddilardan izoh talab qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют