» » Marg‘ilonda hujjati bo‘lmagan 262 ta uyali telefon olib ketayotgan Nexia to‘xtatildi

Marg‘ilonda hujjati bo‘lmagan 262 ta uyali telefon olib ketayotgan Nexia to‘xtatildi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida huquqbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir davomida “Vodil—Farg‘ona—Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.X boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina Marg‘ilon shahrida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashina yukxonasida muqaddam qo‘shni mamlakatdan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 9 turdagi 283 million so‘mlik 262 dona uyali aloqa vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют