» » Marg‘ilondagi xonadonda marixuana saqlanayotgani aniqlandi

Marg‘ilondagi xonadonda marixuana saqlanayotgani aniqlandi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir davomida fuqaro R.Yo. xonadoni tekshiruvdan o‘tkazildi. Unda xonadonning turli qismlariga och yashil rangli, o‘tkir hidli moddalar yashirilganligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasi bilan topilgan ashyoviy dalillar 774 gramm marixuana va 2 gramm ko‘knori somoni ekanligi tasdiqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют