» » “Dehqonobod kaliy zavodi” so‘nggi 3 yildagi faoliyatida atrof-muhitga keltirgan zarari uchun qo‘shimcha 855 mln so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi

“Dehqonobod kaliy zavodi” so‘nggi 3 yildagi faoliyatida atrof-muhitga keltirgan zarari uchun qo‘shimcha 855 mln so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi


“Dehqonobod kaliy zavodi” 2018—2020-yillarda atrof-muhitga keltirgan zarari uchun qo‘shimcha 855 million 500 ming so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda Dehqonobod tuman ekologiya inspeksiyasi boshlig‘i O‘ktam Jo‘lliyev ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning 2020-yil 4-iyundagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan. Shunga ko‘ra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2020-yil 12-iyun kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va qonunosti hujjatlari talablari ijrosi ta’minlanishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazish haqida buyrug‘i chiqarilgan.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruv yetti kun davom etgan bo‘lib, 2020-yilning 19—25-iyun kunlari o‘tkazilgan.

Dehqonobod tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya boshlig‘i O‘ktam Jo‘lliyevning ma’lumot berishicha, zavod 2018-yilda 10 million 107 ming so‘m, 2019-yilda 6 million 962 ming so‘m, 2020-yilning o‘tgan davri uchun esa 2 million 698 ming so‘m kompensatsiya to‘lagan.

“Endilikda jamiyat shu to‘lovlarga qo‘shimcha yana 855 million 500 ming so‘m kompensatsiya to‘laydi”, — deydi O‘ktam Jo‘lliyev.

Eslatib o‘tamiz, 2010-yil avgust oyida faoliyatini boshlagan “Dehqonobod kaliy zavodi” o‘tgan o‘n yillik faoliyati davomida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatga 300 million dollarlik kaliy o‘g‘itini eksport qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют