» » JSST Yevropa uchun qattiq karantin kerak emas deb hisoblaydi

JSST Yevropa uchun qattiq karantin kerak emas deb hisoblaydi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa iqtisodiy faoliyatni to‘xtatmasdan ham pandemiyaga qarshi tura oladi, deb hisoblaydi. Bu haqda JSSTning Yevropa departamenti rahbari Xans Klyuge ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari hukumatlari COVID-19 haqida yetarlicha ma’lumot yig‘di.

“Bazaviy umummilliy va qo‘shimcha maqsadli choralar tufayli bizda virusning lokal tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha ancha katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Biz virus bilan bog‘liq vaziyatni boshqarishimiz hamda iqtisodiyotni ham, ta’lim tizimi faoliyatini ham ushlab turishimiz mumkin”, — deya ma’lum qilgan Klyuge.

Uning qayd etishicha, hozirgi vaziyat birinchi to‘lqin vaqtida yuzaga kelgan vaziyatdan farq qiladi. Endi umumiy gigiyena qoidalari va ijtimoiy masofa bilan birga JSST zarur bo‘lsa, viusni lokal darajada to‘xtatish uchun qo‘shimcha choralar qo‘llashni tavsiya qilmoqda.

Shuningdek, Klyugening ta’kidlashicha, hozir bolalar uchun maktablarni ochish muhim, chunki barcha mamlakatlar bosqichma-bosqich normal hayot tarziga qaytmoqda.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hukumatlarni pandemiya sababli karantin choralarini boshqa joriy etmaslikka chaqirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют