» » Shvetsiyada 2020-yilning birinchi yarim yilligidagi o‘limlar soni bo‘yicha 1869-yildan beri hali kuzatilmagan holat qayd etildi

Shvetsiyada 2020-yilning birinchi yarim yilligidagi o‘limlar soni bo‘yicha 1869-yildan beri hali kuzatilmagan holat qayd etildi


2020-yilning birinchi yarim yilligida Shvetsiyada 51,4 ming nafar odam vafot etgan. Bu haqda Shvetsiya davlat statistika boshqarmasi (SCB) ma’lum qildi.

Idora bergan ma’lumotga ko‘ra, bu 1869-yildan beri hali kuzatilmagan salbiy natija. 1869-yilning dastlabki olti oyida Shvetsiyada 54,4 ming kishi vafot etgan va ularning o‘limiga 1867-yilda boshlangan ocharchilik sabab bo‘lgandi.

2020-yilning birinchi yarim yilligidagi o‘limlar soni mamlakatda 2015 – 2019-yillar oralig‘ida qayd etilgan o‘limlarning o‘rtacha olingan sonidan 4633 taga ko‘p. Statistika boshqarmasi vafot etganlar sonining birdaniga ko‘payganiga aniq sabab ko‘rsatmagan, biroq ko‘rsatkichning keskin oshishi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Idoraning aniqlik kiritishicha, COVID-19 koronavirus epidemiyasi Shvetsiyada 2020-yil fevralida boshlangan. SCB ma’lumotlari bo‘yicha mart oyidan boshlab odamlar o‘limi keskin oshgan va aprel o‘rtalariga borib bu boradagi vaziyat cho‘qqisiga ko‘tarilgan, 10,5 ming nafar kishi (ularning o‘limi faqat koronavirus infeksiyasi emas, yana boshqa turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan).

AQShdagi Jons Hopkins universiteti statistikasiga muvofiq, Shvetsiyada 2020-yil 20-avgust holatiga ko‘ra 85,8 ming kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan va 5,8 ming nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. AQSh universiteti ma’lumotlari bo‘yicha Shvetsiyada qo‘shni Daniya hamda Norvegiyadan farqli ravishda COVID-19 bilan kasallanganlar va uning oqibatida vafot etganlar ko‘rsatkichi ancha yuqori.

Shvetsiya epidemiya vaqtida YeIga a’zo boshqa davlatlar tutgan yo‘ldan bormagan, ya’ni restoranlar, do‘konlar va maktablarni yopmagan. Iyun boshida mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell Shvetsiya hukumatining koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda tanlagan yo‘li xato ekani, lekin umumiy olib qaraganda strategiya to‘g‘ri yo‘ldaligini bildirgan.

Mavzuga doir: Shvetsiyaning COVID-19 bilan kurashdagi 3 ta xatosi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют