» » Koronavirusdan vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha 300 ming nafardan oshdi

Koronavirusdan vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha 300 ming nafardan oshdi


Dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 300 ming nafardan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti taqdim etgan ma’lumotlarda qayd etilgan.

Koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni 14-may holatiga ko‘ra 300 ming 74 nafarni, butun dunyoda kasallik yuqtirib olganlar esa 4 million 405 ming nafarni tashkil qilgan.

Rekord darajadagi eng ko‘p o‘lim holatlari AQShda kuzatilgan. Mamlakatda pandemiya qurbonlarining qariyb chorak qismi, ya’ni 84,9 ming nafar odam kasallik sabab vafot etgan. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya joylashgan, qirollik hududida 33,6 ming nafar odam hayotdan ko‘z yumgan. Mos ravishda 3, 4 va 5-o‘rinlar Italiya (31,3 ming nafar), Ispaniya (27,1 ming nafar) va Fransiyaga (27 ming nafar) nasib etgan. AQSh va Yevropadan tashqarida eng ko‘p o‘lim holati – Braziliyada kuzatilgan va futbol afsungarlari yurtida 13,5 ming nafar kishi kasallik qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Keyingi pandemiyaning ehtimoliy sababi Amazoniyadagi virus bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi

Rossiya o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda 18-o‘rinni egallab turibdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra mamlakatda 14-may holati bo‘yicha 2305 nafar kishi koronavirus oqibatida vafot etgan.

Dunyoda o‘limlar sonining 100 mingtadan oshishi Xitoyda kasallik tarqala boshlaganidan taxminan 3,5 oy o‘tgach, ya’ni 10-aprelga to‘g‘ri kelgan. Qurbonlar soni 25-aprelga kelib 200 mingtalik dovondan o‘tdi. Oradan 19 kun o‘tgach vafot etganlarning umumiy soniga yana 100 ming nafar qurbon qo‘shildi.

Mavzuga doir: Olimlar ko‘rshapalakdan tarqalib, dunyoni zabt etgan koronavirusning turdoshi bo‘lgan yana bir virusni aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют