» » 2017-yilda Manchesterdagi konsertda terakt sodir etgan jinoyatchining ukasi unga ushbu ishda sherik bo‘lgani uchun kamida 55 yilga qamalishi mumkin

2017-yilda Manchesterdagi konsertda terakt sodir etgan jinoyatchining ukasi unga ushbu ishda sherik bo‘lgani uchun kamida 55 yilga qamalishi mumkin


Manchesterda tug‘ilgan 23 yoshli Hoshim Abedi akasi Salmon Abediga 2017-yilda Manchesterdagi konsert vaqtida portlashni amalga oshirishda ko‘maklashgani uchun 55 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning Sky News telekanali xabar qilgan.

Tergovchilar Hoshim Abedi akasiga bomba yasash uchun kerakli buyumlarni xarid qilgan, to‘plagan va olib kelib bergan. U bu ishlarni bir nechta telefon, transport vositalari va teraktga tayyorlanish uchun manzillar haqidagi ma’lumot asosida amalga oshirgan.

Hoshim Abedi Manchesterda tug‘ilgan va shu yerda ulg‘aygan. Terakt sodir bo‘lishidan bir oy avval Liviyaga ketgan va portlashdan bir necha soat o‘tgach, hibsga olinib, Buyuk Britaniyaga ekstradatsiya qilingan.

U Manchester Arenadagi teraktni rejalashtirishda ishtirok etganini inkor qilgan, biroq qotillik, odamlarni o‘ldirishga urinish va terakt orqali suiqasd uyushtirish fitnalarida ishtirok etganlikda ayblangan.

“Garchi Salomon Abedi terakt sodir etishda asosiy ishni bajargan bo‘lsa ham ayblanuvchi Hoshim Abedi ushbu harakatlarda bevosita qatnashchi bo‘lgan. Ayblanuvchi unga nisbatan qo‘llaniladigan eng yengil jazo ham 55 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish ekanini yaxshi tushunishi lozim. U hech qachon ozodlikka chiqmasligi ham mumkin”, – degan ishni ko‘rib chiqayotgan sudya Beyker.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 22-may kuni amerikalik xonanda Ariana Grande konserti vaqtida Manchesterdagi stadionda portlash sodir bo‘lgan. Terakt oqibatida 22 nafar odam hayotdan ko‘z yumgan, 59 kishi turli jarohatlar olgan. IShID mazkur terakt uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют