» » Bill Geyts koronavirus pandemiyasidan xavfliroq falokat sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Bill Geyts koronavirus pandemiyasidan xavfliroq falokat sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi


Microsoft asoschisi Bill Geyts dunyoda ekologik inqiroz sodir bo‘lishi mumkinligi va uning zarari koronavirus pandemiyasidan ham kuchli ekani haqida post yozdi.

Geyts prognoziga ko‘ra, butun dunyo yaqin o‘n yillikda iqlim o‘zgarishlari tufayli jahon miqyosidagi inqirozga duch keladi.

“Pandemiya qanchalik dahshatli bo‘lmasin, iqlim o‘zgarishlari bundan-da, xavfliroq ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, — deb yozgan milliarder o‘z shaxsiy blogida.

Geytsning fikricha, falokatning oldini olish uchun atmosferaga chiqayotgan issiqxona effekti gaz chiqindilarini kamaytirishi lozim.

Microsoft asoschisi ekologik inqiroz zararini koronavirus pandemiyasi bilan qiyosladi. Infeksiya asoratlaridan o‘rtacha 100 000 ming aholidan 14 kishi vafot etgan. Tadbirkorning taxmini bo‘yicha yaqin 40 yil ichida Yer yuzida haroratning ko‘tarilishidan kuzatiladigan o‘limlar soni xuddi shunday qolib, o‘zgarmasligi mumkin, 2100-yilda esa ushbu ko‘rsatkichdan besh baravar ko‘p bo‘ladi.

Milliarder iqlim o‘zgarishlariga qarshi hozirdan kurashishga chaqirdi. Jumladan, u fan va innovatsiyani atmosferaga chiqayotgan chiqindilarni nazorat qilish uchun jalb qilish tashabbusini bildirgan. Bill Geyts rivojlanayotgan davlatlarda ham eklogik muammolarga qarshi kurash olib borilishi muhimligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, odamlarda vaqt qolmagan va bugunning o‘zida zarur choralarni ko‘rish shart.

“Sohada toza energiyaga ega bo‘lish, buning uchun muhim tashabbuslarni amalga oshirish va ishlab chiqishga kamida o‘n yil vaqt talab etiladi”, — degan Microsoft asoschisi.

Geyts avval ham kelajakda dunyo global inqirozga duch kelishi mumkin, uning oqibatlari koronavirus pandemiyasidan ham yomonroq bo‘lishi haqida ogohlantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют