» » A Seriya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan uchinchi jamoa ma’lum bo‘ldi

A Seriya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan uchinchi jamoa ma’lum bo‘ldi


A Seriyaga yo‘llanma taqdim etuvchi pley-off finalida “Frozinone” va “Spetsiya” klublari o‘zaro bahs yuritdi.

Har ikki uchrashuv mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi (1:0, 0:1) va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra tenglik yuzaga keldi. Biroq “Spetsiya” B Seriya musobaqa jadvalida (3-o‘rin) “Frozinone”dan (8) yuqori o‘rinni qo‘lga kiritgani sabab A Seriya yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

“Spetsiya” 1906-yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘z tarixida ilk bor A Seriyaga chiqdi.

1944-yilda A Seriya Ikkinchi jahon urushi sabab o‘tkazilmagan. Buning o‘rniga Shimoliy Italiya futbol klublari o‘rtasida Campionato Alta Italia musobaqasi o‘tkazilgan. Ushbu musobaqada “Spetsiya” g‘alaba qozonadi, biroq Italiya futbol federatsiyasi bu sovrinni A Seriya g‘olibligiga tenglashtirmaydi.

2002-yilda “Spetsiya”ga faxriy chempionlik unvoni beriladi, biroq bu hali ham norasmiy maqomni saqlab qolgan.

Avvalroq “Benevento” va “Krotone” jamoalari oliy divizionga yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют