» » 21-avgust Amerikadagi eng mashhur qullar isyoni boshlangan kun. Nat Tyorner qozgoloni haqida

21-avgust Amerikadagi eng mashhur qullar isyoni boshlangan kun. Nat Tyorner qozgoloni haqida


1831-yilning 21-avgust kuni Nataniel Tyorner ismli qora tanli qul boshchiligida, Amerikaning Virjiniya shtatida misli korilmagan qullar qozgoloni boshlandi. Qozgolonchilarning shafqatsiz harakatlari barchani qorquv va dahshatga solib qoygan edi. Qullar na ayollarga va na bolalarga shafqat qilishardi. Ular oq tanlilarda qorquv uygotishni istardi... DaryoAmerikada qullarni ozod qilish harakatining burilish nuqtalaridan biri bolganqozgolon tarixi haqida hikoya qiladi.

XVII asrning boshlarida yevropalik kochmanchilar tez osib borayotgan Shimoliy Amerika koloniyalarining ishchi kuchiga bolgan ehtiyojini qondirish yolida Afrikadan qullar olib kela boshladi. Ular uchun afrikalik qora qullarni ishlatish shu paytgacha mintaqada mavjud bolgan yollanma ishchilardan kora foydaliroq edi. Chunki ishchilarga oylik tolash kerak, qullar esa bir marta sotib olinib, umrbod tekin ishlaydi. 1619-yilda ilk bora golland kemasi 20 nafar afrikalikni Virjiniya shtatining Jeymstaun koloniyasi qirgogiga olib chiqqanidan boshlab, quldorlik Amerika koloniyalari boylab keng tarqaldi. Aniq raqamlarni berishning iloji bolmasa-da, bazi tarixchilar XVIII asrning ozida yangi dunyoga olti-yetti million nafar qullar keltirilgan deb takidlaydi.

Nat qullarning oilasida, Samuel Tyorner ismli quldorning xojaligida dunyoga keldi. Uning faqatgina Nataniel degan ismi bor edi xolos, unga Tyorner familiyasini esa xojayini Samuel Tyorner bergan.Balki uning oz familiyasi ham bolgandir, ammo osha vaqtlarda qullarga egasining familiyasi bilan murojaat qilish urf edi. Nat ozining kelib chiqishi haqida juda kam malumotga ega bolgan. Bolaligida qul otasi qochib ketgan va u qari buvisi Bridjit bilan qolgandi. Bridjit ham Samuel Tyornerning quli edi. Balki otasining qullikdan qochib qutulgani unga tinchlik bermagandir va u ham shu yolni tanlashiga asosiy sabablardan biri shu bolgandir. Ammo Nat Tyorner shunchaki qochishni istamasdi, uning qalbi qasos otida yonardi...

Tyorner bolalikdan boshqa qullardan oz zehni bilan ajralib turardi. U juda erta yoshida oqish va yozishni organdi. Dinga chuqur berilgan, roza tutar va ibodat qilardi. Natning sozlariga kora, unga Xudodan vahiylar kelardi. Bu qarashlar uning hayotiga sezilarli tasir korsatmay qolmadi. Masalan, Tyorner 22 yoshida oz egasidan qochib ketdi, biroq bir oydan song unga xudodan vahiy kelgani uchun qaytib keldi. U qora tanli qullar ichida Injilni keng targib qilgan va tengqurlari uni paygambar deb atashardi. Natni qozgolon uyushtirishiga turli hil ilohiy sabablar bolgan deb hisoblanadi.

Masalan, 1828-yilning 12-may kuni unga goyoki qozgolon tayyorlash uchun Xudodan vahiy kelgan. 1831-yilning 12-fevral kuni Virjiniya shtatida quyosh tutilishi kuzatilgan. Tyorner oshanda quyoshni yopib qoygan qora odamni qolini koradi va buni alomat sifatida qabul qiladi. Shu yilning 7-avgust kunida yana bir bor quyosh tutilishi kuzatildi. Tyorner esa buni yakuniy ishora sifatida qabul qiladi va ikki haftadan song isyon boshlaydi.

1831-yil 21-avgust kuni Nat Tyorner bir necha nafar ishonchli qullarni ozod qilish bilan qozgolon boshladi. Isyonchilar uydan uyga kochib, boshqa qullarni ham ozod qildi va oz xojayinlarini oldirdi. Ular 70 dan ortiq qullar va erkin qora tanlilarni oz safiga qoshib oldi. Isyonchilar dastlab oz hujumlarini sezdirib qoymaslik uchun oq-dorilardan emas, balki pichoq va boltalardan foydalangan. Uyma-uy yurib, uchraganki boy oq tanlilarni bogizlab ketavergan.

Natning shaxsan ozi isyonda faqat bir kishini oldirganini tan olgan. Oq tanlilar tomonidan javob zarbasi berilishidan oldin, isyonchilar jami 60 nafar oq tanli erkak, ayol va bolalarni oldirishga ulgurgan edi. Shuni takidlash kerakki, Tyorner va uning tarafdorlari kambagallikda yashagan oq tanlilarni omon qoldirgan. Qozgolonchilar inqilobiy zoravonlikni oq tanlilarning qora qullarga nisbatan shafqatsizlikka yogrilgan munosabatlariga teng javob sifatida baholagan. Keyinchalik Tyorner bu shafqatsizliklar orqali oq tanlilar orasida qorquv va xavotir tarqalishini xohlaganini aytadi.

Isyon ikki kun davom etdi, ammo oq tanlilar tomonidan tez orada bostirildi. Tyornerning ozi ikki oy davomida yashirinib, 30-oktyabr kuni usti taxtalar bilan yopilgan yertoladan topildi. 1831-yilning 5-noyabr kuni Nat Tyorner ustidan sud bolib otdi. Sudda u barcha ayblovlar boyicha aybdor deb topildi va olim jazosiga hukm qilindi. Qizigi shundaki, Nat Tyorner shu yilning 11-noyabrida Virjiniya shtatining Quddus (hozirgi Kortlend) shahrida osilgan. Tyornerni qatl qilishdan oldin undan xatoyingni anglab yetdingmi deb soraganlarida, u Iso Masih ham xochga mixlanmaganmidi?deya javob bergan. Uning terisini shilib, boshini uzib, tanasini esa tort qismga bolib tashlaganlar.

Isyondan song unga aloqador bolgan 50 nafar qora tanlilar ham ayblandi. Ularning ichida qul bolmagan besh nafar ozod qora tanlilar ham bor edi. Ayblangan qullardan 15 nafari oqlandi. Qolgan 35 nafar mahkumlardan 18 tasi osib oldirilgan, qolgani afv etilgan va davlat tomonidan qul sifatida qayta sotib yuborilgan. Isyonda ishtirok etgan besh nafar ozod qora tanlilardan biri osilgan, qolganlari esa oqlangan.

Tyorner qatl etilganidan song, mahalliy advokat Tomas Grey Nat haqidagi malumotlarni yigib, chop etdi va bu malumotlar hozirgacha Nat Tyorner haqidagi yagona tarixiy hujjat hisoblanadi.

Tyornerning qozgolon boshlashiga asl sabab uning qullikda, qiyinchilikda ulgaygani emasdi. Nat oz xojayininini juda ham hurmat qilar va uni juda mehribon inson deb hisoblardi. Nat shunchaki ozini Xudo vahiy yuborgan paygambar deb hisoblardi. Shu sababli u ozini qora tanli oz qavmini qutqarish togrisida vahiy olgan deb bilardi. Aynan shuning uchun Nat Terner Amerika tarixidagi eng katta qullar qozgolonini amalga oshirdi.

Isyon kotarilganiga qaramay, uni befoyda bolgan va oqibatda hech narsaga olib kelmagan deya olmaymiz. Uning eng muhim natijasi janubdagi oq tanli odamlarning ongiga aqlbovar qilmas darajada kuchli psixologik tasir korsatganida boldi. Ammo shundan song haqiqiy terror boshlandi, bu jarayon shubhali qullarni qamoqqa olishda, uylarini tintuv qilish va hatto qatllarni amalga oshirishda yaqqol namoyon boldi. Agar qora tanli odam (ozod yoki qul, bola yoki qariya muhim emas) qozgolon uyushtirishga jurat etguday bolsa, uni faqatgina olim kutishi aytildi. Quldorlar ultimatum qoydi: boysunish yoki olim.

Bundan tashqari, shundoq ham mavjud bolmagan qullar erkinligini yanada toraytiradigan bir qator yangi qonunlar chiqarildi. Masalan, ularga besh kishidan koproq (ishdan tashqari) guruhlarga birlashish taqiqlandi. Eng kamsituvchi qarorlardan biri, qullarga oqishni organishni taqiqlash boldi. Bazi shtatlar Virjiniyadagi qozgolondan song, qozgolon ruhini oz hududlariga otkazmaslik uchun u yerdan qul sotib olishdan bosh tortdi.

Shunday qilib, Nat Tyorner qanday niyatlar bilan isyon qilganidan qatiy nazar, uning xatti-harakatlari quldorlarni oz qullariga haqiqiy xavf sifatida qarashga majbur qildi. Ushbu qozgolon Amerikada qullarni ozod qilish harakatining burilish nuqtalaridan biri edi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

Nurbek Alimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-08-2020, 10:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -