» » Farg‘onada Damas va Labo to‘qnashuvida bir haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘onada Damas va Labo to‘qnashuvida bir haydovchi halok bo‘ldi


Farg‘ona viloyatida Damas va Labo o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18-avgust kuni fuqaro A.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina Bog‘dod tumani Qo‘rg‘oncha qishlog‘i hududida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan O.K. boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida Labo haydovchisi O.K. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, Labo yo‘lovchisi O.L. va Damas rusumli avtomashina haydovchisi A.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada Damas hamda mototsikl ishtirokida YTH yuz bergani va fojia oqibatida mototsikl haydovchisi shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют