» » Dmitri Payet koronavirusga chalindi

Dmitri Payet koronavirusga chalindi


“Marsel” yarim himoyachisi Dmitri Payetda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda RMK Sport nashri xabar bermoqda.

Qayd etish joiz, bu fransuz klubidagi koronavirus bilan bog‘liq beshinchi holat. Bungacha “Marsel”da COVID-19 infeksiyasining to‘rtta holati aniqlangandi.

Fransiya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan “Marsel” – “Sent-Etyenn” uchrashuvi Marsel klubi futbolchilarida koronavirus aniqlangani tufayli qoldirildi. Uchrashuv 21-avgust, juma kuniga belgilangan edi. Hozirda uchrashuvning 16 yoki 17-sentabrga qoldirilgani ta’kidlanmoqda.

“Marsel” o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. “Sent-Etyenn” esa mavsumni 17-o‘rinda yakunladi.

Ma’lumot uchun, Dmitri Payet 2017-yildan beri “Marsel” sharafini himoya qilib keladi. Liga 1 ning 2019/20-yilgi mavsumida u 22 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют