» » Liga 1. PSJ yakka peshqadam, “Lion” va “Monako”da durang, “Marsel”da esa yirik g‘alaba (turnir jadvali)

Liga 1. PSJ yakka peshqadam, “Lion” va “Monako”da durang, “Marsel”da esa yirik g‘alaba (turnir jadvali)


Dam olish kunlari futbol bo‘yicha Fransiya Liga 1’ida 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

5-tur doirasida PSJ o‘z uyida “Sent-Etyenn”ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Yulian Draksler, Edinson Kavani, Anxel di Mariya, Diabi nomiga yozildi.

“Kan” mehmoni bo‘lgan “Lion” esa 2:2 hisobidagi durang qayd etdi. “Monako” safarda “Tuluza” bilan 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi.

“Marsel” “Gengam”ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan 2 tasi Florian Toven nomiga yozilgan bo‘lsa, shuningdek, Dmitri Payet va Kostas Mitro‘g‘lu ham bittadan golga mualliflik qildi.

5-turdan so‘ng musobaqa jadvalida 15 ochko jamg‘argan PSJ peshqadam bo‘lib turibdi. 2-o‘rindan 10 ochkoga ega bo‘lib turgan birdaniga  3 ta jamoa — “Marsel”, “Lill” va “Tuluza” joy olgan.

Liga 1

5-tur bellashuvlari

14-sentabr, juma

Gollar: 0:1 – 58, avtogol Sarr, 1:1 – 77 Sen-Maksimen, 2:1 – 89 Le-Melu.

Gol: 1:0 – 22 Draksler, 2:0 – 51, penalti Kavani, 3:0 – 76 Di Mariya, 4:0 – 84 Diabi.

15-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 – 45 Fekir, 1:1 – 53, penalti Bovyu, 2:1 – 73 Oniange, 2:2 – 88 Mendi.

Gollar: 0:1 – 56 Tilemans, 1:1 – 79 Leyya-Iseka.

Gollar: 1:0 – 50 Le Tallek, 1:1 – 90 Motiba.

Gollar: 1:0 – 13 Said, 1:1 – 20 Baoken, 1:2 – 29 Te, 1:3 – 38 Santamariya.

Gollar: 0:1 – 45, penalti Pepe, 0:2 – 56, penalti Pepe, 0:3 – 76 Pepe, 1:3 – 79 Kujava, 2:3 – 90 G‘addos.

16-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 26 Brian, 1:1 – 31 Giyom, 1:2 – 45 Bobishon, 2:2 – 56 Brian, 3:2 – 57 Kalu, 3:3 – 77 Bozok.

Gollar: 1:0 – 57 Toven, 2:0 – 73 Payet, 3:0 – 80 Toven, 4:0 – 83 Mitro‘g‘lu.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют