» » Yuzda ajinlar paydo bo‘lishini tezlashtiradigan kundalik odatlar

Yuzda ajinlar paydo bo‘lishini tezlashtiradigan kundalik odatlar


Hozir bozor yuzda ajinlar paydo bo‘lishining oldini oluvchi yoki unga qarshi turli xil kosmetika vositalari bilan to‘la. Aslida kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan ba’zi odatlar yuzda ajinlar paydo qilishini ko‘pchilik bilmaydi. Bu haqda Harper’s Bazaar jurnali qiziqarli material tayyorladi.

Qorin bilan uxlash

Buni qilmaslikning bir necha sabablari bor. Birinchidan, yuzni yostiqqa surkash (shoyi ipakli bo‘lsa ham) erta ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchidan, bunday holatda 6-8 soat uxlagandan keyin, albatta, shish bilan uyg‘onadi (kechasi qovurilgan yoki tuzlama yemagan bo‘lsa ham). Ertalab bu shishdan xalos bo‘lish uchun ko‘p harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, qorin bilan uxlash umurtqa pog‘onasida noto‘g‘ri og‘irlik paydo qilib, bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Mutaxassislar chalqancha – osmonga qarab uxlashni maslahat beradi. Avvaliga bu noqulay tuyulishi mumkin, ammo keyin, albatta, farq seziladi.

Isitish qurilmasini to‘liq quvvat bilan yoqish

Sovuqda isitkich tezda yoqiladi. Batareya va isitkichlar terining birinchi raqamli dushmanidir. Ular havoni kuchli quritadi, bunday holat esa terining suvsizlanishiga olib keladi. Ma’lumki, quruq teri o‘zining qattiqligi va elastikligini yo‘qotib, tezda ajinlar paydo qiladi. Agar uydagi isitkich qurilmasini boshqarolmasangiz, havo namlagich olish – terining go‘zalligi va yosharishiga eng yaxshi sarmoyadir.

Yog‘ni kam yeyish

“To‘g‘ri ovqatlanish” rejimida 1 gramm uglevod yoki oqsilga qaraganda, 1 gramm yog‘ tarkibida ikki barobar ko‘p kaloriya mavjud, shuning uchun odamlar ommaviy amaliyotda avvalgilarini rad etdi. Aslida sog‘lom yog‘ tanadagi bir qator jarayonlar uchun zarur. Masalan, yurak-qon tomir tizimi sog‘ligidan terining go‘zalligi va yoshligini saqlashgacha. Sog‘lom yog‘ teri hujayralarini ichkaridan oziqlantiradi, ularga faollik va egiluvchanlik beradi, bu ajinlar paydo bo‘lishini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

SPF’dan foydalanmaslik

Na yozda, na qishda quyosh nuridan himoyalanmay turib, uydan chiqmaslik kerakligi ko‘p bora takrorlangan, ammo ko‘pchilik bu qoidaga ahamiyat bermay kelmoqda. Ultrabinafsha nurlari bulut orqali o‘tib, teriga jiddiy zarar yetkazadi. Bu nur giperpigmentatsiyani qo‘zg‘atadi, kollagen ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Har kuni SPf’dan foydalanishni odat qiling va teringiz sizga rahmat aytadi.

Ichimliklarni plastik cho‘p orqali ichish

Ma’lum bo‘lishicha, ichimliklar ichishda foydalanadigan plastik cho‘plarni yosh terini saqlab qolish uchun ham tark etish kerak. Gap shundaki, cho‘pdan foydalanganda yuz mushaklari ko‘proq siqiladi, buning natijasida teri faolligini yo‘qotib, yuzda ajinlar paydo qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют