» » Navoiyda mahalla raisi ikki nafar ehtiyojmand fuqarodan 28,5 mln so‘mni firibgarlik orqali qo‘lga kiritgani aniqlandi

Navoiyda mahalla raisi ikki nafar ehtiyojmand fuqarodan 28,5 mln so‘mni firibgarlik orqali qo‘lga kiritgani aniqlandi


Navoiyda mahalla raisi ikki nafar ehtiyojmand fuqarodan 28,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy viloyati Nurota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida tumandagi “A” nomli MFY raisining kirdikorlari aniqlangan. Mahalla raisi yashash uchun uy-joyi bo‘lmagan hamda ehtiyojmand oila toifasiga kiritilgan ikki nafar fuqaroga xonadon sotib olish uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lardan 28,5 million so‘mini uy-joyni ta’mirlab berishga va’da qilgan holda firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mahalla raisi qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, yetkazilgan zararning 19 million so‘mini o‘z ixtiyori bilan qaytarganligi protsessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Bekobodda mahalla raisi nafaqaga muhtoj bo‘lmagan fuqarolarga 100 million so‘mdan ortiq pul tayinlagani aniqlangan edi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalla vazirligi rahbariyati faoliyati jiddiy tanqid qilinib, qoniqarsiz deb baholangan edi. 8-avgust kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham tizim faoliyatida ishni tashkil etish borasidagi kamchiliklar tahlil qilinib, mahallalar bilan samarali ish tashkil eta olinmagani, natijalar qoniqarli emasligi tufayli mahalla tizimi rahbarlariga jazo berilgan edi. Xususan, ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazir o‘rinbosarlari Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan e‘lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют