» » Chilonzorda mahalla raisi va bandlik inspektori ishsizlarga ajratilgan 36 mln so‘mni talon-taroj qildi

Chilonzorda mahalla raisi va bandlik inspektori ishsizlarga ajratilgan 36 mln so‘mni talon-taroj qildi


Toshkent shahar Chilonzor tumanida ishsizlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami miqdordagi 36,2 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.X.” mahallasi raisi N.R. tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori A.R. bilan til biriktirgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular markazga ish so‘rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro‘yxatiga kiritilmagan 26 fuqaro jamoat ishlariga jalb etilgani haqida soxta hujjatlar tuzib, jami 36,2 million so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan mahalla raisi N.R. va markaz inspektori A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “v”, “g” bandlari va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют