» » Rossiyada juda eski va noyob Mercedes-Benz beshta Maybach narxida sotuvga qo‘yildi

Rossiyada juda eski va noyob Mercedes-Benz beshta Maybach narxida sotuvga qo‘yildi


“Auto.ru” saytida 1952-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 300 S W188 kupesi sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. 216 nusxada yaratilgan ushbu noyob avtomobil 52,5 million rublga (735 ming dollar) baholanmoqda. Taqqoslash uchun buncha pul evaziga beshta yangi Mercedes-Maybach S-Class xarid qilish mumkin.

Noyob Mercedes 68 yillik umri davomida 12 ming kilometr yo‘l bosgan. Modelga 150 ot kuchiga ega uch litrli benzin motor o‘rnatilgan bo‘lib, u to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. E’lon muallifining so‘zlariga ko‘ra, mazkur nusxa Kienle firmasi tomonidan restavratsiya qilingan va hozirda ajoyib holatda. Bundan tashqari, Mercedes-Benz 300 S W188’ga yangi rezina jamlanmalari kiydirilgan.

S-Class va SL kabi modellarning ajdodi hisoblanuvchi Mercedes-Benz W188 1951-yili Parijdagi avtosalonda taqdim etilgan. U rodster, kupe va kabriolet kuzovida ishlab chiqarilgan: 1952—1954-yillardan konveyrdan 216 nusxa kupe, 203 ta kabriolet va 141 dona rodster chiqqan.

Avvalroq 2006-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz CLK DTM AMG kabrioleti ikkita yangi Mercedes-AMG GT narxida sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют