» » “Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayr politsiya xodimiga hujum qilganlikda ayblanib hibsga olindi

“Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayr politsiya xodimiga hujum qilganlikda ayblanib hibsga olindi


“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Gretsiyaning Mikonos orolida hibsga olindi.

Ta’kidlanishicha, 20-avgustdan 21-avgustga o‘tar kechasi futbolchi mahalliy barlardan birining yonidagi janjalda ishtirok etgan. Inglizlardan iborat ikki guruh bar yonida toritishib qoladi va voqea joyiga politsiya yetib keladi. Maguayr va yana ikki kishi politsiyachilarni haqorat qiladi, ularga jismoniy qarshilik ko‘rsatadi. Hibsga olinganlar politsiya bo‘limida ham norozilikni davom ettiradi va ular qamab qo‘yiladi.

Mikonos politsiyasining bayonotiga ko‘ra, Maguayr va uning sheriklariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilish, jismoniy shikast yetkazish, haqorat qilish va xodimga pora taklif qilish bandlari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

“Manchester Yunayted” vakillari Maguayr bilan bo‘lgan voqeadan xabardor ekanini ta’kidlagan. Klub 27 yoshli futbolchi bilan aloqada bo‘lib turibdi va bu voqea yuzasidan Gretsiya hukumati bilan hamkorlikda ishlaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют