» » Qo‘qonda ayol YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan qoidabuzar haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

Qo‘qonda ayol YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan qoidabuzar haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yo‘l qoidasini buzganligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzgan YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon shahri Istiqlol ko‘chasida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi 5.5 yo‘l belgisiga amal qilmasdan, qarama-qarshi harakatlanib to‘xtagan avtomobil haydovchisiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Bayonnomani tuzish vaqtida haydovchi yo‘l-patrul xizmati xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan, o‘zining hujjatlari va ma’muriy bayonnomani inspektorning qo‘lidan tortib olgan.

Qoidabuzar haydovchi yordam kuchi chaqirish maqsadida xizmat avtomobiliga o‘tgan YPX xodimiga tashlanib qolib, unga nisbatan kuch ishlatgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan haydovchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют