» » Ro‘ziqul Berdiyev: Humoyun Murtazoyev transferi uchun “Mash’al” bizdan 2 mlrd so‘m so‘radi

Ro‘ziqul Berdiyev: Humoyun Murtazoyev transferi uchun “Mash’al” bizdan 2 mlrd so‘m so‘radi


“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Coca-Cola Superliga 11-turida “Paxtakor”dan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyatdan (1:4) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Berdiyevdan quyidagicha iqtibos keltirmoqda “Championat.asia”.

“Paxtakor” bizdan kuchli ekanini o‘yinda ham, hisobda ham ko‘rsatdi. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoaviy o‘yin ham, individual harakatlar ham yuqori. Buni amalda ham ko‘rsata oldi. Ikkinchi goldan keyin biz navbatdagi o‘yinni o‘ylab o‘zgarishlarni amalga oshirdik.

Hozir o‘yinlar orasi qisqa, “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda ko‘p kuch yo‘qotishni istamagandik. O‘zgarishlar qilinganidan keyin o‘yinimiz mazmuni yo‘qoldi. Oldinlari “Paxtakor”ga qarshi bahsda borimizni berardik va keyingi o‘yinni o‘ylamasdik. Ammo hozir vaziyat boshqacha. Uch kun oldin o‘ynadik, yana uch kundan keyin “Bunyodkor”ga qarshi o‘ynaymiz.

Sardor Abduraimovni qaytarish rejamizda yo‘q edi, Humoyun Murtazoyev borasida “Mash’al”ga taklif bilan chiqdik. Ammo Muborak klubi uning transferini sotib olish uchun bizdan 2 milliard so‘m so‘radi. Humoyunni BAA klubidan ham taklif borligini aytishgandi. Hozirgi vaziyatda bu summani to‘lay olmaymiz va tarkibimizda bor futbolchilarga tayanamiz.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi

“Nasaf” 11-turga kelib 19 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. “Ajdarlar” 12-turda “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют