» » O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning taxminiy muddati ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning taxminiy muddati ma’lum bo‘ldi


Davlat statistika qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Loyiha ko‘ra, O‘zbekistonda 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddati 2022-yil 1—25-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.

Sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalariga, asosan, zarur hollarda aholini ro‘yxatga olishga oid me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekistonda 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari:

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralarda mavjud aholi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bazalaridan zarur hollarda aholini ro‘yxatga olish va natijalarini tahlil qilishda foydalanish maqsadida ma’lumotlar almashinuvini qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yilda (sinov tariqasida) va 2022-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari) bilan ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi farmonida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan edi. 2020-yil 16-martda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyev iyun oyida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan va O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakatda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmaganini ta’kidlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют