» » Toshkentda Mudofaa vazirligiga qarashli zamonaviy o‘q otish o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi ochildi

Toshkentda Mudofaa vazirligiga qarashli zamonaviy o‘q otish o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi ochildi


Toshkentda Mudofaa vazirligi sport markazining zamonaviy o‘q otish o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi ochildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Ayni paytda mamlakatda o‘q otish sporti bilan 3700 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz muntazam shug‘ullanib kelmoqda, shundan 800 nafarga yaqini xotin-qizlar. Ularga 136 nafar murabbiy o‘q otish sporti sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. O‘zbekistonda mavjud TIRlar, ya’ni o‘q otish majmualari 122 tani tashkil qiladi. Mamlakat terma jamoasi tarkibiga o‘q otish sportidan 48 nafar sportchi taklif etilayotgan bo‘lsa, shundan 10 nafari Mudofaa vazirligi sport markazi a’zolari sanaladi.

Tantanali ochilish marosimida mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, Mudofaa vazirligi sport markazining nomdor sportchilari, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi vakillari hamda sport faxriylari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ravshan Ermatov sportchi uchun eng avvalo sport infratuzilmasi hamda zamonaviy sport inventarlari, qolaversa, malakali trenerlar kerakligini ta’kidlab, bu borada bugun foydalanishga topshirilgan o‘q otish sporti o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida yaratilgan sharoitlar va mavjud o‘q otish qurollari xalqaro talablarga javob berishi, murabbiylarning salohiyati yuqori ekanligi tez orada ushbu sport turi rivojida o‘z samaralarini berishini aytib o‘tdi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z tomonidan barcha yordamni berishga tayyorligini ham bildirgan.

Tadbir yakunida mamlakatda jismoniy tarbiya va sport rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh mutaxassislar Mudofaa vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют