» » Alisher Shodmonov koronavirusga qarshi kurash masalasida germaniyalik mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazdi

Alisher Shodmonov koronavirusga qarshi kurash masalasida germaniyalik mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazdi


Koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelgani xabar berilgan edi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 22-avgust kuni ular bilan o‘zaro muloqot o‘tkazdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Germaniyaning Robert Kox instituti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi va Dyusseldorf universiteti hamda Frankfurt-Mayn universiteti klinikalaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi.

Muloqotda O‘zbekistonda pandemiyaning ta’sirini imkon qadar kamaytirish, kasallik tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolashda nemis mutaxassislari va mahalliy shifokorlar o‘rtasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Yevropalik mutaxasassislar guruhi shu yilning 28-avgustiga qadar mamlakatda bo‘lib, poytaxt, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.

O‘zbekistonga shu vaqtgacha koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisidan iborat guruh, tarkibida anesteziolog, reanimatolog, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis, epidemiolog, terapevt va kardiolog bor 40 nafar rossiyalik shifokor kelgan bo‘lsa, mart oyining oxiridan boshlab O‘zbekistonda koreyalik professor — epidemiolog Soy Chje Uk, yana bir koreyalik anesteziolog-reanimatolog, bir qancha turkiyalik mutaxassislar, Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan bo‘lmish professor Verner Ber faoliyat yuritgan. Shuningdek,  O‘zbekistonga Xitoydan 10 nafar tibbiyot mutaxassislari kelishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishga qaytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют