» » Koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi germaniyalik mutaxassislarning O‘zbekistonga kelayotgani xabar qilindi

Koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi germaniyalik mutaxassislarning O‘zbekistonga kelayotgani xabar qilindi


Germaniyadan 10 nafar tajribali mutaxassisdan iborat delegatsiya koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga ko‘mak berish va tajriba almashish uchun yo‘lga chiqqan va Toshkent xalqaro aeroportida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan kutib olinadi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Robert Kox instituti Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari, Xalqaro sog‘liqni saqlash axborot markazi rahbari, doktor Andreas Yansen rahbarligidagi guruh tarkibida institutning yetakchi ekspert va mutaxassislari, shuningdek, Frankfurt-Mayn va Dyusseldorf universitetlari klinikalarining yuqori malakali shifokorlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi vakillari bor.

Germaniyalik mutaxassislar tashrif davomida Respublika koronavirusga qarshi kurash shtabi mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kurash borasidagi holatni tahlil qiladi va tegishli tavsiyalar beradi.

Shuningdek, ular Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, viloyatlardagi ushbu sohaga ixtisoslashgan qator shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Delegatsiya vakillari koronavirusni aniqlash, nazoratga olish va bemorlarni davolashda mahalliy shifokorlarga amaliy ko‘mak berishni rejalashtirgan.

O‘zbekistonga shu vaqtgacha koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisidan iborat guruh, tarkibida anesteziolog, reanimatolog, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis, epidemiolog, terapevt va kardiolog bor 40 nafar rossiyalik shifokor kelgan bo‘lsa, mart oyining oxiridan boshlab O‘zbekistonda koreyalik professor — epidemiolog Soy Chje Uk, yana bir koreyalik anesteziolog-reanimatolog, bir qancha turkiyalik mutaxassislar, Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan bo‘lmish professor Verner Ber faoliyat yuritgan. Shuningdek, 18-avgust kuni O‘zbekistonga Xitoydan 10 nafar tibbiyot mutaxassislari kelishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют