» » Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Ozbekistonga keladi

Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Ozbekistonga keladi


Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhi Ozbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun keladi. Bu haqda Rossiya sogliqni saqlash vaziri Mixail Murashko koronavirusga qarshi kurash boyicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi yigilishida malum qildi, deb xabar bermoqda Izvestiya.

Biz xalqaro faoliyatimizni ham davom ettirmoqdamiz. Shuni takidlab otmoqchimanki, mutaxassislarimiz Qozogistondan oz vazifalarini bajarib qaytdi. Endilikda Ozbekistonga jonatiladigan mutaxassislar guruhi tayyorlanmoqda, deb aytgan Murashko yigilishda.

Iyul oxirida Murashko Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinaning tarkibiga Ozbekiston ham kiruvchi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlariga yetkazilishi boyicha muzokaralar olib borilayotganini malum qilgan.

Rossiya sogliqni saqlash vaziri orinbosariOlegGridnev7-avgustda Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani royxatga oladigan dunyodagi birinchi davlat bolishini malum qilgan. N.Gamaleyamarkazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina 12-avgustda royxatga olinishi rejalashtirilgan.

Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligining 11-avgust soat 10:00 bergan malumotiga kora, mamlakatda jami 31 545 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 22 992 nafari sogaygan, 202 nafari esa vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (11-08-2020, 15:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ...