» » Qatar COVID-19’ga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 200 ming dollar miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ajratdi

Qatar COVID-19’ga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 200 ming dollar miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ajratdi


Qatar hukumati O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qatar xayriya tashkiloti orqali O‘zbekistonga 200 ming dollar miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ajratishga qaror qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Respublika maxsus komissiyasining 20-avgustdagi qaroriga binoan, ushbu mablag‘lar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘istondagi filiali hisob raqamiga o‘tkazildi. Filial ushbu mablag‘larni Qoraqalpog‘iston aholisi sog‘lig‘ini saqlash, himoya qilish uchun koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha favqulodda choralarni qo‘llab-quvvatlash doirasida zarur himoya vositalari va tibbiy jihozlarni sotib olishda foydalanishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning may oyida Qatarning “Jasim va Hamad bin Jasim xayriya jamg‘armasi” COVID-19’ga qarshi kurash choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida beg‘araz moliyaviy yordam tariqasida 200 ming dollar miqdoridagi mablag‘ni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazib bergan edi.

Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Muhammad al-Xajrning qayd etishicha, ushbu mablag‘lar “do‘st O‘zbekistonga mamlakat rahbariyatining aholini pandemiya xavfidan himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida taqdim etiladi. “Bu Qatar va O‘zbekiston ushbu mushkul davrda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga intilishlarining yana bir tasdig‘idir”, — degan elchi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют