» » RPL. Yaponiyalik futbolchining goli “Rostov”ga g‘alaba keltirdi, Eldor Shomurodov yana gol ura olmadi

RPL. Yaponiyalik futbolchining goli “Rostov”ga g‘alaba keltirdi, Eldor Shomurodov yana gol ura olmadi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 4-turida “Rostov” 23-avgust, yakshanba kuni “Ufa” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. 39-daqiqada Vyacheslav Krotovning chetlatilishidan keyin maydon egalari bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda ustunlik rostovliklar tomonida bo‘ldi, biroq mehmonlar 79-daqiqaga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Qanotdan uzatilgan to‘pni “Rostov”ning yaponiyalik legioneri Kento Hashimoto boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur bahsda 90 daqiqa harakat qildi va joriy mavsumdagi golsiz seriyasini davom ettirdi.

“Rostov” ochkolarini 7 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Ufa” (4) 11-pog‘onaga tushib ketdi.

RPL

4-tur bahsi

23-avgust, yakshanba

Gol: 0:1 – 79 Hashimoto.

“Ufa”: Belenov, Alikin, Suxov, Nikitin, Danchenko (Bezdenejnix, 75), Golubev (Till, 46), Karp (Bizyak, 84), Aliyev, Nedelcharu, Jamaletdinov (Agalarov, 65), Krotov.

“Rostov”: Baburin, Hajikadunich, Osipenko, Kozlov, Glebov, Hashimoto, Normann (Mamayev, 64), Zaynutdinov (Chernov, 84), Ionov (Poloz, 64), Bayramyan, Shomurodov (Toshevski, 90).

Ogohlantirishlar: Karp (77), Agalarov (78), Bayramyan (82), Chernov (90).

Chetlatish: Krotov (39).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют