» » Sharof Rashidov tumanida 2 ta Damas to‘qnashdi. Mashinalardan biridagi yo‘lovchi bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan

Sharof Rashidov tumanida 2 ta Damas to‘qnashdi. Mashinalardan biridagi yo‘lovchi bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan


Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Jizzax—Forish—Qizilcha avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar qildi.

Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Damas qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ro‘paradan kelayotgan boshqa bir Damas’ga urilgan.

Oqibatda G‘allaorol tumanida yashovchi 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi mashina ichida bo‘lgan 13 yoshli bola og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlatirish bo‘limiga yotqizilgan.

Urgutlik haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u Cobalt’ni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan va oldindagi mashina burilish signalini berganidan keyin qarama-qarshi yo‘nalish bo‘sh deb hisoblab, qoidani buzgan. G‘allaorollik haydovchi boshqaruvidagi Damas esa ushbu kutilmagan qarorga tayyor bo‘lmagan.

Avval Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 24 yoshli haydovchi Lacetti’da yuqori tezlikda harakatlanib daraxtga urilgan va voqea joyida vafot etgani, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Damas va “IJ” mototsikli to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani, Toshkentda mast holatda Lacetti haydagan 18 yoshli yigit yo‘l-transport hodisasini sodir etib, do‘stining o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют