» » Samarqandda 61 mingga yaqin ishsiz fuqaro borligi ma’lum bo‘ldi

Samarqandda 61 mingga yaqin ishsiz fuqaro borligi ma’lum bo‘ldi


Samarqand viloyatida 47 770 ta oila kambag‘al oila sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu oilalarda 215 313 nafar kishi yashaydi. Ro‘yxatga olingan oilalarning 4651 tasi boquvchisini yo‘qotgan, 7190 tasida esa nogiron oila z’olari bor. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga olingan oilalarning 24 954 tasi ishsiz va doimiy daromadga ega emas. 2368 tasi ko‘p bolali oila, 1704 tasi uzoq muddatga xorijga ketib, oilasiga daromad keltirmayotganlar va 6903 tasi esa boshqa sabablarga ko‘ra kambag‘al bo‘lganligi aniqlangan.

Jamshid O‘roqovning ma’lum qilishicha, ushbu oilalarda jami 61 mingga yaqin ishsiz fuqaro bor. O‘tgan besh oy davomida ushbu oilalar bilan tizimli ravishda ishlash natijasida 7100 nafari ish topib, o‘z tadbirkorligini boshlagan. Ular o‘zini o‘zi band qilgani bois Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qarorlari asosida “temir daftar”dan chiqarilgan.

Bugungi kunda viloyatda “temir daftar”ga kiritilgan kambag‘al oilalar soni 45 435 tani tashkil etmoqda.

Har bir kambag‘al oilani qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar “Saxovat.argos.uz” dasturi orqali hisobga olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют