» » “Bavariya” Chempionlar Ligasida tarixiy rekord qayd etdi

“Bavariya” Chempionlar Ligasida tarixiy rekord qayd etdi


“Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasi finalida PSJni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0) va musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.

Myunxenliklar klubi ushbu musobaqa 2019/20-yilgi mavsumida barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunladi. “Bavariya” guruh bosqichida raqiblarini umumiy 24:5 hisobida mag‘lub etgan holda 18 ochko to‘pladi.

1/8 finalda Xans-Diter Flik shogirdlari “Chelsi”ni ikki bor taslim etdi (3:0, 4:1). Chorak finalda “Barselona” tor-mor etildi (8:2), yarim finalda jamoa “Lion”dan ustun keldi (3:0).

Shu tariqa “Bavariya” Chempionlar Ligasi bir mavsumida barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlagan ilk jamoaga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют